Mbappe nega Neymarni yoqtirmasligi ma’lum bo‘ldi
L’Équipe nashri PSJ hujumchilariKilian Mbappe va Neymar o‘rtasidagi ziddiyatning kelib chiqish sabablarini aniqlashtirishda davom etmoqda.
Yangi sabablardan biriga ko‘ra, Mbappega bir necha mavsum davomida Neymarning tartibsizligi va ishga yondashuvi yoqmay kelgan. Shuning uchun ham Kilianga jamoaning asosiy yulduzi mavqei berilganidan keyin braziliyalik hujumchini transferga qo‘yilishi tarafdori bo‘lgan.
Neymar esa Mbappening “Real”ga o‘tib ketishi kutgan. Frantsiyalik to‘purar Madrid klubi taklifini qabul qilmaganidan keyin uning “burni” ko‘tarilib ketgan.
Bundan tashqari, Mbappe jamoada janubiy amerikalik o‘yinchilarning ta’siri kuchligigi va Neymarning mavqei oshib borayotganini hazm qila olmayapti.
Fikrlar