TIGGO 2 PRO

Ispaniyaning "Marca" nashri 2022 yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun o‘tkazilgan ovoz berish jarayoni natijalarini e’lon qildi.

130 mingdan ziyod obunachi ishtirok etgan so‘rovnomada Olimpiya tizimida bo‘lib o‘tdi: muxlislar ikki nomzoddan birini tanladi, g‘olib keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Finalda PSJning ikki vakili Kilian Mbappe hamda Lionel Messi to‘qnash keldi. Ushbu to‘qnashuvda frantsiyalik yulduz 56 % ovoz bilan g‘alaba qozondi. Uchinchi pog‘ona Krim Benzemaga nasib etdi.

Shuningdek, so‘rovnomada quyidagi futbolchilar ham qatnashdi: Joshua Kimmix ("Bavariya"), Robert Levandovski ("Barselona"), Kevin de Bryuyne ("Manchester Siti"), Vinisius Junior ("Real"), Sado Mane ("Bavariya"), Bernardu Silva ("Manchester Siti"), Emiliano Martines ("Aston Villa"), Tibo Kurtua ("Real"), Bukayo Saka ("Arsenal"), Federiko Valverde ("Real"), Muhammad Saloh ("Liverpul"), Luka Modrich ("Real").

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!