
Mbappe “Nyukasl”ga o‘tadi
Frantsiya terma jamoasi safida 1998 yili jahon chempioni bo‘lgan Emmanuel Peti PSJ hujumchisi Kilian Mbappe “Nyukasl”ga o‘tishiga ishonmoqda.
- Har nima bo‘lishi mumkin. “Nyukasl”da qanday o‘zgarishlar yuz berganini bilamiz. Ular Mbappega xaridor. Hammasi qanday rivojlanishini oldindan bilib bo‘lmaydi. Bu tez va oson ro‘y berishi mumkin.
Mbappeni “Real”ga o‘tadi, deyishyapti. Haqiqatan, Kilian bolaligidan yulduz o‘yinchilar va buyuk tarixga ega katta klublarda o‘ynashni orzu qiladi. U PSJdagi muhitdan charchagan. Klubda va terma jamoada ayrim jamoadoshlari bilan tortishib qolganini bilamiz. Bu uning kayfiyati bilan bog‘liq.
“Real” unga Frantsiyadan charchagani uchungina qiziq ko‘rinmoqda. Uni Parijda Messi yoki Neymardek qadrlashmayapti. Messi “Barsa”da qirol edi. PSJning qiroli Mbappe, Messi ham, Neymar ham emas, - dedi Emmanuel Peti.
Fikrlar