Mbappe o‘zining o‘rniga olib kelingan Dembelega murojaat qildi

  • 13.08.2023 13:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ rahbariyati Kilian Mbappe o‘rnini bosish uchun “Barselona” hujumkor o‘yinchisi Usmon Dembeleni transfer qildi.

Kutilmaganda, Mbappe terma jamoadagi sherigi Dembeleni Parij klubiga ko‘chib o‘tgani bilan tabrikladi.

- Uyingga xush kelibsan, birodar. Seni bu erda ko‘rishdan juda xursandman. Voqealar boshlanmoqda, - deb yozdi Kilian Mbappe ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga.

Parij klubi 26 yoshli futbolchining shartnomasidagi band talablarini bajarib, 50 million evro sarflagan holda Dembele transferini amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!