Mbappe PSJga yana bir shart qo‘ymoqda
Bundan avvalroq PSJ va hujumchi Kilian Mbappe yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar boshlab yuborgani haqida xabar berilgan edi.
AS nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 21 yoshli futbolchi parijliklardan nafaqat maoshining oshirilishini, balki kelajakda “Real” uni sotib olishi uchun aniq bir miqdordagi tovon pulining belgilab qo‘yilishini talab qilmoqda. Katta ehtimol bilan uning yangi shartnomasidagi tovon puli 200 mln evroni tashkil etadi.
Mbappe joriy mavsum PSJda 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va 30 ta gol hamda 17 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar