Mbappe “Real” oldida bosh egdi

  • 26 aprel, 2023, 10:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe “Real” klubi prezidenti Florentino Peresdan uzr so‘rab, Madrid klubiga ko‘chib o‘tishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda taniqli jurnalist Ramon Alvares xabar tarqatdi.

Tecno

Gap shundaki, bir yil muqaddam Kilian Mbappe “Real”ga o‘tishga yaqin kelgandi. “Qirollik klubi” frantsiyalik hujumchiga ishonib, uni Madridda kutgandi.

So‘nggi pallada Kilian Mbappe PSJda qolishga qaror qildi. Florentino Peres yosh hujumchining bu qilig‘idan jumbushga keldi va kelajakda bu transferni amalga oshirmasligini aytdi.

Evropa matbuotining yozishicha, Kilian Mbappe bo‘lib o‘tgan ishlar uchun ommaviy tarzda uzr so‘rasa, Florentino Peres unga klub eshigini ochishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!