
Mbappe "Real"dan qasos olishning zo‘r yo‘lini topdi
"Pari Sen-Jermen" yulduzi Kilian Mbappe kelasi yozda Ispaniyaga yo‘l olishi mumkin.
"Mundo Deportivo" nashri xabariga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin. Moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay, kataloniyaliklar ushbu transfer uchun barcha ishga tayyor.
Avvalroq, "Real" frantsiyalik hujumchini sotib olish fikridan voz kechgani xabar qilingandi. Bunga sabab sifatida Kilianning mavsum boshida Parijda qolishga qaror qilgani ko‘rsatilgan.
Mbappening PSJ bilan 2025 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomasi bor. Uning transfer narxi 180 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar