
Mbappe “Real”ga faqat bir sovrin uchun kelganini aytdi
Kilian Mbappe yosh bo‘lishiga qaramay, deyarli barcha nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritib bo‘lgan. Uning hisobida hozirning o‘zida jahon chempionatining oltin va kumush medallari, Millatlar ligasining bosh sovrini bor.
“Real”ga kelganidan beri yutuqlari qatoriga UEFA Superkubogi va Qitalararo kubokni ham qo‘shib qo‘ydi.
26 yoshli futbolchi “Real”ga aslida orzusidagi boshqa sovrin uchun kelganini tan oldi.
- Men yutishni orzu qilayotgan yana qanaqa nufuzli sovrin qoldi? Albatta, Evropa Chempionlar ligasi. Aynan mana shu sovrinni qo‘lga kiritish uchun dunyoning eng zo‘r klubi bo‘lgan “Real”ga kelganman, - dedi Kilian Mbappe.
Mbappe shu paytga qadar PSJ safida Evropa Chempionlar ligasi bosh sovrini uchun kurashib, maqsadiga eta olmagan edi.
Fikrlar