Mbappe uchun og‘zingizga siqqanicha pul so‘rang, beraman!

  • 09.03.2023 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kilian Mbappe har qanday klubning hujumkorligini oshirishga qodir futbolchi. Buni inobatga olgan “Chelsi” xo‘jayini Todd Byoli 24 yoshli hujumchini qo‘lga kiritish harakatisha tushib qolgan.

Byoli klub mutasaddilarini katta transferga yo‘l ochish va moliyaviy feyr-pleyni buzmaslik uchun bir necha o‘yinchilarni sotib yuborishga shoshirmoqda. Yaqinda “Chelsi”dan kamida 11 nafar futbolchi ketishi haqida xabar chiqqan edi. Bu bejiz emasligi ma’lum bo‘ldi.

Mbappeni olish uchun kamida 200 million sarflash kerak bo‘ladi. Bu summa aksariyat klublarga og‘irlik qiladi. Lekin Byoli xarajatdan qochmoqchi emas.

Todd Byoli Kilianning kelishi klub imidjiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga va daromadlarning oshirishiga ishonmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!