"Mbappe va Gyuler "Real" uchun juda muhim duetga aylanadi"
Sobiq futbolchi va "Real" direktori Predrag Miyatovich Kilian Mbappe, Arda Gyuler va Vinisius Juniorning "Madrid"dagi o‘yini haqida fikr bildirdi.
Mbappe haqida:
"Bu nimadir ajoyib narsa. Mavsum boshida unda ba’zi qiyinchiliklar bo‘lgan, ammo endi u o‘z ritmini topdi. Afsuski, u hali jamoaviy sovrin yutmagan, lekin bu mavsum boshqacha bo‘ladi.
Gyuler u bilan a’lo darajada hamkorlik qilmoqda — u har doim Kilianni topishga harakat qiluvchi yaxshi chap oyoqqa ega. Ular "Real" uchun juda muhim duet bo‘lib qolishadi".
Vinisius Junior haqida (Chempionlar ligasidagi "Liverpul"ga qarshi o‘yin oldidan):
"Oxirgi o‘yinlarda ko‘rganlarim va bugungi almashinuvlarga qaraganda, o‘ylaymanki, u asosiy tarkibda maydonga tushadi. Albatta, Xabi Alonso zaxira va variantlarni yaxshi ko‘radi, lekin menimcha, u bu safar startda bo‘ladi", — dedi Miyatovich.
Eslatib o‘tamiz, "Real" seyshanba kuni mehmon sifatida "Liverpul"ga qarshi Chempionlar ligasi 4-tur bahsini o‘tkazadi.
Fikrlar