
Mbappega yangi xaridor chiqdi. “Real” va “Liverpul” hujumchidan quruq qolishi mumkin!
Kilian Mbappe endigina boshlangan mavsumni PSJda o‘tkazishi deyarli aniq bo‘ldi. Chunki shu yozda unga da’vogar bo‘lgan yagona klub – “Real” transfer bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi.
Endi Kilianning bozori kelasi yili erkin agentga aylanganida qaynaydi. Uni olishni maqsad qilgan “Real” va “Liverpul” qatoriga “Manchester Yunayted” qo‘shildi.
Ule-Gunnar Sulsher kelasi yoz uchun asosiy transfer nishoni sifatida hamyurti Erling Xolandni belgilagan. Biroq, “Borussiya” hujumchisining xaridori ko‘p va uni olish oson bo‘lmaydi.
Shu bois, Sulsher olinadigan hujumchilar ro‘yxatiga Mbappeni ham kiritdi. Bundan tashqari, manchesterliklar Harri Keyn va Lautaro Martinesga ham qiziqmoqda.
Fikrlar