Mbappeni 80 ming kishi kutib oladi

  • 8 iyul, 2024, 08:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” jamoa safiga qo‘shilishi kutilayotgan Kilian Mbappening taqdimot marosimiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Relevo nashrining yozishicha, 16 iyulda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan marosimga 80 ming nafardan ziyod muxlis keladi.

“Qirollik klubi” zamonaviy texnologiyalar yordamida Kilian Mbappe uchun unutilmas taqdimot va shou dasturini uyushtirib beradi.

“Real” Mbappeni qo‘lga kiritganini 3 iyun kuni rasman e’lon qilgandi. Ispan matbuotining yozishicha, 25 yoshli hujumchining yillik maoshi 30 million evroni tashkil qiladi. Bundan tashqari, hujumchiga urgan gollari uchun maxsus bonus to‘lanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!