Mbappeni olamiz!

  • 10.02.2023 13:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Chelsi” xo‘jayini Todd Byoli o‘z jamoasiga jahon darajasidagi yulduzlarni olib kelish uchun hech qanday xarajatdan qochmasligini ma’lum qilgan.

Shu bois, “aristokratlar” Kilian Mbappe uchun kurashishga tayyor. Agar PSJ qimmatbaho futbolchisini sotishga qaror qilsa, londonliklar o‘z taklifi bilan parijliklarga murojaat qiladi.

Kilian Mbappening o‘zi ham PSJda uzoq qolib ketmoqchi emas. Yaqinda 24 yoshli hujumchi “Chelsi”ni ham o‘zi borishi mumkin bo‘lgan jamoalar qatoriga qo‘shdi. Kilianning asosiy tanlovi “Real” bo‘lib turibdi. Madridliklar bilan kelishuv o‘xshamay qolsa, “Chelsi”ga o‘tishga tayyor.

Agar “Chelsi” Kilianni transfer qiladigan bo‘lsa, 150 million funt atrofida sarmoya talab etiladi. Bundan tashqari, futbolchining o‘ziga har mavsum uchun 60 million evrodan kam bo‘lmagan maosh berilishi kerak. “Chelsi” bu chiqimlarga tayyor ekani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!