Men “Barsa”ga qaytmayman!
“Barselona”ga tegishli bo‘lgan Antuan Grizmann kelasi mavsumda ham Kataloniyaga qaytmaydigan bo‘ldi.
“Atletiko” klubi rahbariyati frantsiyalik hujumchi bilan ijara shartnomasini yana bir yilga uzaytirishga qaror qildi.
Kelasi mavsum tugashi bilan madridliklar tajribali to‘purarni 40 million evro evaziga “Barselona”dan sotib olish majburiyatini bajarishi kerak bo‘ladi.
“Atletiko” bosh murabbiy Diego Simeone kelasi mavsumda Grizmanning to‘purarlik ko‘rsatkichlari ijobiy tomonga o‘zgarishiga umid qilmoqda.



Fikrlar