Men hali “Real” afsonasiga aylanaman!
“Real” yarim himoyachisi Marko Asensio faoliyatini Madridda davom ettirishi haqida bayonot berdi.
- Men “Real”da qolishim kerak. Vaqti kelib, klub afsonasiga aylanaman va jamoamga sovrinlarni yutishda ko‘maklashaman. Men bolaligimdan “Real” muxlisiman, - dedi Asensio.
25 yoshli futbolchi “Qirollik klubi” tarkibida 2015 yildan beri to‘p surmoqda. Mohir yarim himoyachi jami 286 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 48 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 46 marotaba golli pas uzatgan.
Asensio ikki karra Ispaniya chempioni, Superkubok sohibi bo‘lgan. Xalqaro maydonda ikki marotabadan Chempionlar ligasi va UEFA Superkubogi, uch bor klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi hisoblanadi.

Fikrlar