
Men “Roma”da qolishga qaror qildim!
“Roma”da ilk mavsumini muvaffaqiyatli o‘tkazayotgan Nemanya Matichga Joze Mourino qo‘l ostida to‘p tepish yoqmadi.
34 yoshli serbiyalik futbolchi rimliklar safida asosiy figuralardan biriga aylandi.
Corriere dello Sport nashrining xabar berishicha, murabbiylar shtabi tajribali o‘yinchining qobiliyati va ishga professional yondashuviga ma’qul keldi.
Matich mashg‘ulot bazasiga hammadan erta keladi va bu odati bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lmoqda. Klub rahbariyati shularni inobatga olib u bilan amaldagi shartnomani uzaytirishni istayapti.
Nemanya Matichning o‘zi ham faoliyatini “Roma”da davom ettirishga tayyor. Bu futbolchi joriy mavsumda 20 ta uchrashuvda maydonga tushdi va hisobiga bittadan gol hamda assist yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar