Men “Roma”ga o‘taman!
Konferentsiyalar ligasidagi o‘yinlari bilan tanilgan Norvegiyaning “Budyo-Glimt”jamoasi hujumchisi Ola Solbakken faoliyatini kuchli klublarda davom ettirishni maqsad qilgan.
Sky Sport Italia nashrining yozishicha, 23 yoshli futbolchi “Roma” mutasaddilari bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Endi “Roma” vakillari “Budyo-Glimt” xo‘jayinlarini o‘yinchini qo‘yib yuborishga ko‘ndirishi kerak.
Norvegiya klubi yangi mavsumda Chempionlar ligasining saralashida qatnashadi. Shu bois, ular asosiy hujumchilardan hisoblangan Solbakken nufuzli turnirda jamoaga yordam berishi istayapti.
Solbakkenning amaldagi kelishuvi shu yilning dekabr oyida yakunlanadi.

Fikrlar