Men yutmagan faqat Ispaniya kubogi qoldi

  • 05.04.2023 16:31
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Toni Kroos Ispaniya kubogida g‘alaba qozonishni orzu qilmoqda. "Marca" nashri xabariga ko‘ra, germaniyalik yarim himoyachi "qirollik klubi" tarkibida hali qo‘lga kiritilmagan yagona sovrinni yutishni juda istamoqda.

Bugun "qaymoqranglilar" Ispaniya kubogi yarim finali javob o‘yinida Kataloniyaning" Barselona" klubi bilan o‘ynaydi. Karlo Anchelotti shogirdlari o‘z maydonida o‘tkazgan ilk uchrashuvda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lishgan edi.

Kroosning Madrid jamoasi bilan shartnomasi mavsum oxirida tugaydi. Bu Tonining Ispaniya Kubogidagi so‘nggi bahsi bo‘lishi mumkin, chunki futbolchi yozda professional faoliyatini yakunlashi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!