
Mendi APLga qaytishi ham mumkin edi
Benjamen Mendi "Loryan" bilan 2025 yilgacha amal qiladigan shartnoma tuzdi. Avvalroq, "Manchester Siti" u bilan bitimini bekor qilgan. Shu sababli, himoyachi erkin agent sifatida lornliklar safiga kelib qo‘shildi.
"Lequipe" nashri xabar berishicha, Mendiga "Byornli" qiziqish bildirgan. Ammo himoyachi taklifni rad qilib, "Loryan"ga o‘tishga qaror qildi.
Ma’lumot uchun, "Byornli" Chempionshipdan APLga chiqdi. Jamoaning chap qanot himoyasida harakat qilgan Iyan Matsen esa "Chelsi"ga qaytganidan keyin, Vensan Kompani unga o‘rinbosar izlamoqda.
Fikrlar