“Menga shou kerak” — Iliya Topuriya Jastin G’etji bilan jangni "portlatmoqchi"
Yengil vaznda amaldagi chempion Iliya Topuriya amerikalik Jastin Getji bilan jang haqida gapirdi.
"Agar xohlasam, Getjini parterga o‘tkazib, istagan ishimni qilishim mumkin. Biroq men tomoshabinlarga shou ko‘rsatmoqchiman.
Ochiği, Maks Xolloweyni ham parterga olib o‘tib, u yerda nazorat qilishim va bo‘g‘ib qo‘yishim mumkin edi, lekin unda tomoshabop jang bo‘lmasdi", - dedi "Matador".
Eslatib o‘tamiz, 14 iyun kuni "UFC White House" turnirida Topuriya chempionlik kamarini Getjiga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Fikrlar