Menga tezroq chempion bo‘ladigan jamoa kerak!
“Barselona” yulduzi Usmon Dembele Kataloniya klubini tark etishga shoshilmoqda. Bosh murabbiylikni qabul qilgan Xavi Ernandes frantsiyalik futbolchining mahoratini yuqori baholayapti.
Lekin Dembelening o‘zi ispaniyalik mutaxassis “Barsa”ni raqobatbardosh jamoaga aylantirishi uchun bir necha yil kutishni istamayapti. U tezroq boshqa qudratliroq klubga o‘tmoqchi.
“Barselona” o‘z vaqtida qarib 140 million evro sarflangan futbolchi transferidan bir tiyin ham foyda kermaydi. Dembele Kataloniyani yozda erkin agent sifatida tark etadi.
Hozir bu futbolchiga bir necha klub, xususan, “Chelsi” ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar