Merab Dvalishvili: “Men uchun eng muhimi — an’anaviy qadriyatlar”

  • 14.10.2025 21:27
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

UFC ning o‘ta engil vazn (61 kg) chempioni Merab Dvalishvili shaxsiy hayoti va turmush qurish rejalari haqida gapirdi.

“Men ko‘proq an’anaviy qadriyatlar tarafdoriman.Bo‘lajak turmush o‘rtog‘im gruzin bo‘lishini xohlaymanmi? To‘g‘ri, aslida u har qanday millatdan bo‘lishi mumkin. Biroq gruzin qiz — men uchun eng ideal variant”, — dedi Dvalishvili "The Ariel Helwan Show" podkastida.

Eslatib o‘tamiz, Dvalishvili keyingi jangini 6 dekabr kuni "UFC 323" turnirida rossiyalik Pyotr Yanga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!