Messi – «Xetafe» ga qarshi o‘yinda besh ko‘rsatgich bo‘yicha ustun
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi La Liga doirasidagi 24 tur o‘yini hisoblangan «Xetafe» (2:1) ga qarshi o‘yinda beshta ko‘rsatgich bo‘yicha ustunlik qildi.
Bular:
*Messi 6 marta darvozaga zarba yo‘lladi. Bu o‘yindagi eng yuqori natija;
*Messi boshqalardan ko‘proq to‘pni olib qo‘ydi (besh marta);
*Messiga qarshi ko‘proq fol ishlatildi (5 marta);
*Messi ko‘proq golli vaziyatlar yarata oldi (uch marta);
*Messi darvozaga 2 marta aniq zarba bera oldi;
Primera doirasidagi «Barselona»ning so‘nggi 8 golining 7tasida Messi ishtirok etdi.
Messi – La Ligada 14ta gol bilan lider bo‘lib turibdi. Bundan tashqari u assistentlar jadvalida ham birinchi o‘rinda.

Fikrlar