Messi 10-marta "Barselona" bilan shartnoma imzolaydi
"Barselona" forvardi Lionel Messi klub bilan amaldagi shartnomasini yana uzaytiradi. Bu haqda ESPN nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra tomonlar o‘rtasidagi yangi kelishuv 2023 yilning yoziga qadar imzolanadi. E’tiborlisi, 32 yoshli argentinalik futbolchi shu tariqa “ko‘k-anor ranglilar” bilan 10-marta shartnomani uzaytiradi.
Eslatib o‘tamiz, Messining amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Ma’lumot uchun, Messi “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan davr mobaynida kataloniyaliklar safida jami 687ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 603ta gol hamda 242ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. U “Barsa” safida hozirgacha 34ta sovringa ega chiqdi. Shulardan 10tasi Ispaniya chempionligi hisoblanadi.

Fikrlar