Messi 2019 yilda 50 ta gol urdi va ...
"Barselona" klubi forvardi Lionel Messi kecha La Liganing 18-turidan o‘rin olgan "Alaves"ga (4:1) qarshi o‘yinda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Shu tariqa 32 yoshli futbolchi “Barselona” va Argentina terma jamoasi safida 2019 yilda kiritgan gollari sonini 50 taga etkazib oldi.
Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra Messi so‘nggi 10 yilda 9-marta yil davomida 50 tadan kam gol urmadi.

Fikrlar