Messi 2022 yilda qaysi jamoaga o‘tishi ma’lum bo‘ldi
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi faoliyatini qaerda davom ettirishi aniq bo‘ldi.
Cadena SER nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 33 yoshli argentinalik futbolchi yangi mavsumni qaysi jamoada o‘tkazishi ma’lum emas, ammo 2022 yilda u AQShning "Inter Mayami" klubiga o‘tadi.
Messining "Barsa" bilan amaldagi shartnomasi iyunda o‘z nihoyasiga etadi. Ammo u tez orada klubning yangi prezidenti Joan Laporta bilan ushbu kelishuvni uzaytirish masalasini muhokama qilmoqchi.
Messi joriy mavsum “Barselona” safida jami 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 25 ta gol va 11 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar