Messi 35-sovriniga ega bo‘ldi. Endi u “Barsa”da qoladimi?

  • 18 aprel, 2021, 09:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” Ispani kubogi finalida “Atletik” jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi. Kataloniyaliklarning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan finalga Lionel Messi o‘z dubli bilan mantiqiy yakun yasadi.

Tecno

Shu tariqa, bosh murabbiy Ronald Kuman “Barsa”dagi birinchi, jamoa sardori Lionel Messi 35-sovriniga ega chiqdi. Umumiy hisobda, argentinalik hujumchi “Barselona” safida 10 karra Ispaniya chempioni, 7 karra kubok sohibi, 8 bor Superkubok egasi bo‘lgan. Xalqaro miqyosda esa kataloniyaliklar bilan to‘rt marotaba Chempionlar ligasi, uch marta Evropa Superkubogi va uch bora klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan.

Ispaniya kubogidagi g‘alabadan so‘ng, “Barselona” prezidenti Joan Laporta bu sovrin Messining klubda qolishiga xizmat qilishini aytdi.

- Leo – jahonning eng zo‘r futbolchisi. Unda klubda qolish istagi uyg‘onganiga aminman. Biz ham Messining shu erda o‘ynashini istaymiz. Buning uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz, - dedi Laporta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!