Messi 9 daqiqa ichida 2 ta rekord qayd etdi

  • 22 noyabr, 2022, 16:14
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina terma jamoasi Qatardagi jahon chempionatidagi ishtirokini boshladi. Lionel Messi boshchiligidagi jamoa Saudiya Arabistoni bilan kurash olib bordi va to‘qqizinchi daqiqadayoq PSJ hujumchisi penaltini golga aylantirib, 2022 yilgi turnirda birinchi golini urdi.

Messi o‘zining to‘rtinchi jahon chempionatida gol urdi, bu Argentinaning yangi rekordidir. Hozirgacha ushbu terma jamoaning hech qaysi futbolchisi 4 ta jahon kubogida gol urishni uddalay olmagan. Qolaversa, Messi yana bir natijaga erishdi. Ya’ni, u o‘zining birinchi golini 2006 yilning iyun oyida mundialda kiritgan va  hozirgi gol o‘rtasida o‘n olti yildan ortiq vaqt o‘tdi. Bu turnirning mutlaq rekordidir.

Shuningdek, Messi JChdagi gollari sonini 7 taga etkazib oldi va o‘zining maydondagi asosiy raqobatchisi Ronalduga etib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!