Messi antiqa rekord qayd etmoqda

  • 10.05.2022 14:47
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiya chempionati 36-turi doirasidagi PSJ - "Trua" uchrashuvida tomonlar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.

Birinchi bo‘limda mezbonlar yulduzi Lionel Messi tepgan to‘p darvoza ustunidan qaytdi. Bu holat argentinalik futbolchi bilan joriy mavsum ichki birinchilikda 10-bor sodir bo‘lmoqda.

So‘nggi 13 yilda hech kim Messichalik ko‘p to‘sin yoki ustunlarni nishonga olmagandi. 34 yoshli hujumkor yarim himoyachi parijliklar libosida 32 o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 9 gol va 13 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Leo 2021 yilning avgustida "Barselona"dan PSJ safiga o‘tgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!