Messi: Argentina jahon chempionati favoriti emas

  • 07.10.2022 10:00
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

PSJ va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Hujumchi Argentina terma jamoasini musobaqa favoriti deb hisoblamasligini tan oldi.

“Men turnir boshlanishini intiqlik bilan kutmoqdaman. Hammasi qanday ketayotganini, qaysi jamoa turnirda g‘olib chiqishini bilishni istayman. Musobaqa tezroq boshlanishini va ushbu mundial biz uchun omadli bo‘lishidan umidvorman.

Shubhasiz, uchrashuvlar qiyin bo‘ladi. Shunday ekan, jahon chempionatlari har doim o‘zgacha, u erda hamisha favoritlar g‘alaba qozonavermaydi. Argentina terma jamoasini kubok uchun asosiy da’vogar deb hisoblash mumkinmi? Rosti, bilmayman. Tarkib jihatdan Argentina yaxshi, ammo ayni paytda biz musobaqa favoriti emasmiz. Boisi, JChda g‘alaba qozonish uchun Argentinadan ko‘ra ko‘proq imkoniyatga ega bo‘lgan jamoalar etarlicha”, - deya Messining so‘zlarini keltiradi "Star+" nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!