Messi Barselonaga ketdi!

  • 04.05.2022 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Etti karra “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messi PSJ klubi rahbariyati ruxsati bilan qisqa muddatga Barselonaga yo‘l oldi.

Manbalarning ma’lum qilishicha, argentinalik yulduz bir necha kunlik ta’tildan foydalanib, o‘ziga qadrdon bo‘lib qolgan Barselona shahriga tashrif buyuradi. Ma’lumotlarga qaraganda, Leo safar chog‘ida “Barselona”dagi do‘sti Seoxio Buskets bilan ham uchrashishni rejalashtirgan.

O‘tgan yili avgustda “Barselona”ni tark etgan Messi joriy mavsumda muddatidan oldin Frantsiya chempionligiga sazovor bo‘ldi. Aynan Leoning goli PSJga bir ochko va chempionlikni taqdim etdi.

Umumiy hisobda Messi bu mavsum barcha turnirlarda 31 marotaba maydonga tushib, to‘qqizta gol va 13 ta assist muallifi bo‘ldi. Uning PSJ bilan shartnomasi kelasi yil yozda yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!