Messi bilan chiqisha olmaydigan hujumchiga zo‘r taklif

  • 09.11.2021 19:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Chelsi” rahbariyati hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida PSJ vakili Mauro Ikardini transfer qilmoqchi.

Lionel Messi PSJga kelganidan keyin hamyurti bilan kelishmovchilik yana avj ola boshladi. Ma’lumki, Ikardi Leoning do‘sti Maksi Lopesning rafiqasi Vanda Laraga uylanib olgani futbolchilarning orasiga sovuqlik tushirgan. Messi bosimi ostida Ikarda anchadan beri Argentina terma jamoasiga chaqirilmayapti.

Ularning munosabati PSJ ichki muhitiga ta’sir o‘tkazmoqda. Tabiiyki, parijliklar tanlashiga to‘g‘ri kelsa, Messini olib qolishadi. Bosh murabbiy  Maurisio Pochettino ham Messiga yon bosmoqda.

Bu omillarni inobatga olgan holda, Mauro Ikardining o‘zi ham boshqa klubga o‘tishga rozi. “Chelsi” yaxshi variant. Biroq, bu transferni amalga oshirish uchun “aristokratlar” parijliklarga 60 million evro atrofida badal puli to‘lashi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!