Messi bu borada Mbappeni ortda qoldirdi

  • 14.12.2022 16:51
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Jahon chempionati yarim final doirasida Xorvatiyaga qarshi bahsda penaltidan gol urdi va Xulian Alvaresning goliga pas berdi. Messi bu mundialdagi beshinchi golini urdi va uchinchi golli uzatmasiga mualliflik qildi.

Shu tariqa, Messi "gol+pas" tizimi bo‘yicha klubdagi jamoadoshi Kilian Mbappeni ortda qoldirdi. Uning hisobida 8 ochko bor. Frantsiyalik forvard bu ko‘rsatkich bo‘yicha 7 ochkoga ega va uning hisobida besh gol va ikki golga hammualliflik bor.

Eslatib o‘tamiz, Argentinaninng final bosqichidagi raqibi bugun Frantsiya va Marokash o‘yinidan so‘ng aniq bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!