Messi faqat Suaresdan ortda qolmoqda

  • 14.02.2021 10:49
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" La Liga 23-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Alaves"ni 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Tecno

"Ko‘k-anorranglilar" yulduzi Lionel Messi bu bahsda dublni rasmiylashtirgan holda, jamoasi g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi. E’tiborlisi, argentinalik futbolchi har ikki golini jarima maydoni tashqarisidan yo‘llagan zarbasi orqali kiritdi.

Bu gollari bilan Leo ichki birinchilikdagi gollari sonini 15 taga etkazib olgan holda, "Sevilya" hujumchisi Yussuf En-Nesirini ortda qoldirdi. To‘purarlar poygasida "Atletiko" forvardi Luis Suares 16 gol bilan peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!