Messi hali to‘liq sog‘aygani yo‘q

  • 06.06.2020 16:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” klubi o‘zining tvitterdagi rasmiy sahifasida jamoa etakchisi Lionel Messi hamon yakka tartibda shug‘ullanayotganini ma’lum qildi.

Argentinalik futbolchi yaqindagina olgan jarohatidan so‘ng hali umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilishga tayyor emas. Ammo, u 13 iyun kuni “Malorka”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan La Liga bellashuvida maydonga tushishi mumkinligi aytilmoqda.

32 yoshli Messi joriy mavsum “Barselona” safida 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va 24 ta gol hamda 16 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!