
Messi ham, Ronaldu ham mendan zo‘r emas, eng yaxshi futbolchi menman!
“Milan” hujumchisi Zlatan Ibrohimovich uzoq yillik faoliyati davomida biror marta “Oltin to‘p”ni olmaganiga o‘ziga xos izoh berdi.
- Men “Oltin to‘p”ga muhtojmanmi? Yo‘q, aslida bu sovrin menga muhtoj. Agar o‘yin sifatini inobatga olsak, Lionel Messi ham, Krishtianu Ronaldu ham mendan zo‘r emas. Agar sovrinlar tomonidan qarasak, men Evropa Chempionlar ligasini yuta olmaganman. Buni tan olaman.
Lekin men “Oltin to‘p”ni nega sovrinlar asosida berishga qaror qilishganini tushunmayman. Bu menga qiziq emas. Butun jamoa ter to‘kib, bir o‘yinchi yutishi g‘alati. Jamoa yomon bo‘lsa, futbolchining bir o‘zi zo‘r bo‘lmaydi.
Umuman olganda, men dunyodagi eng zo‘r futbolchiman, - dedi Zlatan Ibrohimovich.
Fikrlar