Messi hech kim kutmagan haqiqatni tan oldi
“Barselona” jamoasi hujumchisi Lionel Messi o‘z ishtirokidagi o‘yinlarni tomosha qilmasligini ma’lum qildi.
“Men hech qachon o‘z o‘yinlarimni tomosha qilmayman. Men yuqoriga chetdan turib qaramayman, menga oldinga intilish ma’qulroq. Boshqa bellashuvlarni tomosha qilaman. Masalan Ispaniya va Argentina chempionatlari, Libertadores Kubogi. Ammo ular ba’zida juda kech boshlanadi.
Penaltilar ijro qilishda yanada samaraliroq bo‘lmoqchiman. Ularni mashq qilish aslida jua qiyin. O‘yin vaqtida penalti ijro etish mutlaqo boshqa narsa. Buning uchun reja kerak, 11 metrli nuqtadan zarba yo‘llaganda darvozabon to‘pni qaytarishi mumkin. Shular ustida ishlashni xohlayman”, – dedi Messi.

Fikrlar