
Messi instagramda Ronalduni ortda qoldirdi
Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi instagramdagi sahifasiga Amerika kubogi bilan tushgan fotosuratini joylashtirdi.
Ushbu post hozirgi paytgacha 20 milliondan ortiq layk to‘plagan. E’tiborlisi, bu instagramda sport bilan bog‘liq fotosuratlar orasida eng ko‘p layk to‘plagan postga aylandi. Instagram tarixidagi eng ko‘p layk to‘plagan postlar orasida esa Messining fotosurati 6-o‘rinni egalladi.
Shunday qilib, Messi asosiy raqobatchisi Krishtianu Ronalduning instagram sahifasida Diego Maradona xotirasiga bag‘ishlagan postini layklar soni bo‘yicha ortda qoldirdi.
Ta’kidlash kerakki, Argentina Amerika kubogi finalida mezbon Braziliyaga qarshi bahs olib bordi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bu Messi uchun Argentina terma jamoasidagi birinchi sovrin bo‘ldi.
Fikrlar