
Messi Kataloniya hukumati tomonidan e’tirof etildi
Kataloniya hukumati "Barselona" klubi xujumchisi Leonel Messini Muqaddas Georgiy Ordeni bilan taqdirladi. Bu haqida klub rasmiy veb-sayti xabar bermoqda.
Ushbu ordenga 1981 yilda asos solingan bo‘lib, xozirda mamlkatning eng nufuzli mukofotlaridan biri hisoblanadi.
Aytib o‘tish joizki, Messi kataloniyaliklar safida ushbu mukofot bilan taqdirlangan ikkinchi futbolchi bo‘ldi. Avvalroq "ko‘k-anor ranglilar" sobiq futbolchisi va bosh murabbiyi Yoxan Kroyff ushbu mukofotga sazovor bo‘lgan.
Fikrlar