Messi kelajagi haqida: "Ular men nima xohlashimni bilishadi"
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi kataloniyaliklar klubini qachon tark etish niyati bo‘lgani haqida gapirib o‘tdi.
"Bu futbol bilan bog‘liq vaziyat emas edi, aksincha shahsiy sabab bo‘lgan. O‘sha vaqtlarda qiyin davrni boshdan o‘tkazganman (5 yil oldingi Ispaniyadagi soliqlar bilan bog‘liq muammo haqida), ammo "Barselona" qo‘llab-quvvatlashi bilan buni engib o‘ta olganman. Bu meni shu erda o‘ynashda davom etishimga sabab bo‘lgandi. O‘sha vaqtda Ispaniyada o‘zimga nisbatan noqulaylik sezgandim, boshqa xech narsa bo‘lmagan.
Taklif... Xar yili menda boshqa klubga o‘tish imkoniyati bo‘ladi. Klublar eshiklarini men uchun ochishadi, biroq ular men nima xohlashimni bilishadi", - deydi Messi.

Fikrlar