
Messi kutilmaganda arablar bilan uchrashuv belgiladi. Leo qaysi jamoaga o‘tmoqchi?
PSJ bilan shartnomasi yakunlanib borayotgan Lionel Messining kelajagi hamon mavhumligicha qolmoqda.
Argentinalik yulduz Parij klubida qolmoqchi emas. “Barselona” ham o‘zi tarbiyalagan yulduzni qaytarish imkonini topgani yo‘q.
Taniqli jurnalist Rudi Galettining ta’kidlashicha, Lionel Messi o‘ziga o‘ta katta maosh va’da qilayotgan Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi vakillari bilan uchrashadigan bo‘ldi. Tomonlarning o‘zaro hamkorligi muhokama qilinadigan ilk uchrashuv 1 may kuni bo‘lib o‘tishi belgilandi.
Ma’lumki, “Al-Hilol” Messiga har mavsum uchun 400 million evro maosh berishga tayyor. Saudiyaliklar “An-Nasr” yiliga 200 million evro maosh bilan Krishtianu Ronalduni milliy chempionatga olib kelganidan keyin Evropada porlagan yorqin yulduzlarni transfer qilishga urinmoqda.
Fikrlar