Messi: Meni tanlaganingiz uchun minnatdorman

  • 15.12.2020 13:44
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

Har yili "Oltin to‘p" sovrinini o‘z egasiga topshiruvchi "France football" nashri barcha davrlarning eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy jamoani tuzib chiqdi. Ushbu tarkibga kiritilgan argentinalik Lionel Messi bu haqida fikr bildirdi.

- "Oltin to‘p" orzular jamoasiga kirish g‘urur bag‘ishlaydi. Meni tanlaganingiz uchun minnatdorman va men bilan bir jamoadan o‘rin olgan barcha futbolchilarni tabriklayman. Ushbu ro‘yxatdan haqiqiy fenomenlar o‘rin oldi", - deya o‘z "Instagram" sahifasida yozib qoldirdi 33 yoshli futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Leo Messi 6 karra "Oltin to‘p" sohibi hisoblanadi.

IMG_20201215_132811

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!