Messi MLS klubiga o‘tishi mumkin

  • 10.09.2019 10:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" forvardi Lionel Messi 2021 yil MLSga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 32 yoshli futbolchi ma’lum muddat okean ortida o‘ynab, so‘ngra yana kataloniyaliklar safiga qaytmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Messining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Ma’lumot uchun, Messi jarohati bois hozircha joriy mavsum birorta ham o‘yinda maydonga tushgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!