Messi muxlislariga yoqmaydigan xabar!

  • 8 yanvar, 2022, 19:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Pari Sen-Jermen” hujumchisi Lionel Messi Frantsiya chempionatining 20-turida “Lion”ga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuvda parijliklarga yordam berolmaydigan bo‘ldi. Bu haqda PSJ matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Argentinalik yulduz yaqinda koronavirusga chalingan edi va hozir tiklanish jarayonini o‘tamoqda. Tajribali hujumchi hali umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilgani yo‘q va individual dastur asosida shug‘ullanmoqda.

Shuningdek, bosh murabbiy Maurisio Pochettino Neymar xizmatidan ham foydalana olmaydi. Braziliyalik futbolchi jarohatidan tiklanishi kerak. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Neymar kamida uch hafta mobaynida maydondan tashqarida bo‘ladi.

Frantsiya chempionatida PSJ vakillari 19 ta uchrashuvda 49 ochko jamg‘arib, yakka peshqadamga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!