Messi "Oltin to‘p" uchun kimga ovoz beradi?

  • 09.10.2021 12:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ klubi va Argentina terma jamoasi a’zosi Lionel Messi bu yilgi "Oltin to‘p" sovrini uchun qaysi futbolchiga ovoz berishini aytdi.

“Albatta, jamoamda ovozimni beradigan futbolchilar bor. Bular Neymar va Kilian Mbappe. Boshqa tomondan esa yuqori individual qobiliyatlarga ega bo‘lgan boshqa futbolchilar ham bor, ular ajoyib mavsumni o‘tkazishdi. Masalan, Robert Levandovski va Karim Benzema.

Bu oson emas, chunki "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish uchun individual darajada ko‘p narsaga erishish kerak. Shu bilan birga, uning o‘ziga xos og‘irligi bor, masalan, Chempionlar ligasi, Amerika kubogi yoki Evropa chempionligini yutish. Eng muhim jamoaviy sovrinlarni qo‘lga kiritish muhim omil”, - dedi Messi.

“Oltin to‘p”ni tantanali topshirish marosimi 5 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!