Messi o‘z ismini Amerika futboli tarixiga muxrladi
MLS pley-off bosqichining birinchi bahsidan o‘rin olgan "Inter Mayami" - "Neshvill" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yin 3:1 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Ushbu bellashuvda dubl qayd etgan Lionel Messi o‘z ismini Amerika futboli tarixiga muxrladi.
Messi 2025 yilda "Inter Mayami" safida 39 ta gol urdi va bu unga kalendar yilidagi gollar bo‘yicha MLS rekordini o‘rnatish imkonini berdi. Bungacha rekord Deni Buanga (2023 yilda 38 ta gol) va Karlos Velega (2019 yilda 38 ta gol) tegishli edi.
Jamoalar o‘rtasidagi navbatdagi o‘yin 2 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 3:30 da boshlanadi.
Fikrlar