Messi qaysi klubda o‘ynashni orzu qilishini ochiqladi
AQShning “Inter Mayami” klubi va Argentina milliy terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi bolalikda qaysi jamoada o‘ynashni orzu qilgani haqida gapirdi.
- Men doim aytganman: bolaligimdagi orzum — “Nyuells Old Boyz”ning asosiy jamoasida o‘ynash edi. Men stadionga borardim, o‘sha erda o‘ynardim va Primerada professional futbolchi bo‘lishni orzu qilardim.
Keyin hayotim tubdan o‘zgardi. 13 yoshimda Evropaga ketdim, “Barselona” safida debyut qildim va barchasi tasavvur qilganimdan ham afsonaviy tarzda rivojlanib bordi, - dedi 38 yoshli futbolchi.
Messi 2023 yildan buyon “Inter Mayami” safida o‘ynab kelyapti. Unga qadar 17 mavsum davomida “Barselona” va ikki yil davomida “Pari Sen-Jermen” safida to‘p tepgan.
Lionel Messi jahon futbolida o‘yinchilarnig eng nufuzli individual sovrini “Oltin to‘p”ni sakkiz marotaba qo‘lga kiritgan yagona futbolchi hisoblanadi.
Fikrlar