Messi Ronalduning katta rekordini urdi
PSJ hujumchisi Lionel Messi Frantsiya chempionatining 21-turida “Monpele” darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasining 3:1 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.
Bu gol orqali 37 yoshli yulduz azaliy raqobatchisi Krishtianu Ronalduning to‘purarlik rekordlaridan birini yangiladi.
“Monpele” darvozasiga kiritilgan to‘p Messining kuchli beshlik chempionatlaridagi 697-goli sifatida qayd etildi. Bu rekordni urish uchun argentinalik futbolchiga 835 ta uchrashuv kerak bo‘ldi.
Avvalgi rekord Ronalduga tegishli edi. Portugaliyalik to‘purar Evropaning eng kuchli chempionatlarida 919 ta bahsda raqiblar darvozasini 696 marotaba aniq nishonga olgan.

Fikrlar