Messi: Anrining ko‘zlariga qaray olmaganman. Chunki...

  • 09.04.2020 23:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" forvardi Lionel Messi frantsiyalik hujumchi Terri Anri haqida gapirib o‘tdi.

Aytish kerakki, 2007 yil frantsiyalik hujumchi Terri Anri “Arsenal”dan “Barselona”ga ko‘chib o‘tgan va 2010 yilgacha ushbu jamoada to‘p surgan.

“Anri birinchi kun kiyinish xonasiga kirganida, xatto, uning ko‘zlariga qaray olmaganman. Chunki, uning Angliyadagi muvaffaqiyatlarini bilardim.

U allaqachon tajribali futbolchiga aylanib bo‘lgan edi va biz birdan bir jamoada paydo bo‘lib qoldik. Men unga shunday hayrat bilan qarardim. Uning vaziyatlardan juda osonlik bilan foydalanishi menga yoqardi”, - deydi argentinalik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!