
Messi uzoq vaqt egallab turgan taxtidan tushdi
Transferlarga ixtisoslashgan transfermarkt.de sayti yangi yilning ilk oyida Ispaniya chempionatining eng qimmat futbolchilari reytingini e’lon qildi.
Bu ro‘uxatda uzoq yillar davomida etakchilik qilib kelgan Lionel Messi quyiga sho‘ng‘iy boshladi. Nufuzli sayt talqini bo‘yicha bugungi kunda Ispaniya chempionatining eng qimmat futbolchisi («Atletiko» safida porlayotgan JOau Feliks hisoblanadi. Portugaliyalik yosh futbolchining transfer summasi 100 million evroga baholanmoqda.
Primeraning eng qimmat futbolchilari o‘nligi bilan tanishing:
Joau Feliks («Atletiko») — 100 mln evro
Yan Oblak («Atletiko») — 90 mln evro
Ansu Fati («Barselona») — 80 mln evro
Lionel Messi («Barselona») — 80 mln evro
Tibo Kurtua («Real») — 75 mln evro
Mark-Andre ter-Shtegen («Barselona») — 75 mln evro
Rafael Varan («Real») — 70 mln evro
Mikel Oyarsabal («Real Sosedad») — 70 mln evro
Federiko Valverde («Real») — 70 mln evro
Kazemiro («Real») — 70 mln evro
Fikrlar